вторник, 17 февраля 2015 г.

Ko`rgazmalar


Chirchiq shahar XTMFMT va TEB tomonidan shahar miqyosida 2013-2014-o'quv yilida maktablararo o'tkazilgan "Ko'rgazmali qurollar" tanlovida 18 ta fan bo'yicha o'qituvchilar ishtirok etib shaharda faxrli 1-o'rinni egalladilar.

TARIX
                                                                         MEHNAT

 INFORMATIKA
 FIZIKA

пятница, 30 января 2015 г.

“Boshlang`ich ta`lim sifatini oshirishda axborot kommunikasion texnologiyalarning o`rni va roli.”


Mavzu:  “Boshlang`ich ta`lim sifatini oshirishda axborot kommunikasion texnologiyalarning o`rni va roli.”
Chirchiq shahar 21-umumta’lim maktabining
“Informatika” fani o`qituvchisi
Laziz Nekovich Asadov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16 fevraldagi-25-sonli qarorlarning qabul qilinishi, 2012-yil 23-24 aprel kunlari Xalq ta’limi Vazirligining ta’lim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi tomonidan o’tqazilgan trener mashg’ulotlari ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir.

пятница, 23 января 2015 г.

8-sinf "Iinformatika" fanidan test savollari

8-sinf "Informatika" fanidan test savollari

1. Informatika fani nimani o’rgatadi?
A)    axborotlarni izlash, topish va saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish masalarini o’rgatuvchi fan
B)     axborot, dasturlashni,kompyuterlarni boshqarishni 
C)    dasturlash va hisoblash
D)    T.J.Y
2. Informatika faniga qachon asos solingan?
A)    XX asr 1980-yil   B)     XX asr 1950-yil
C)    XXI asr 2003-yil  D)    XX asrr 1973-yil
3.Quyidagilardan qaysi biri pozitsion sanoq sistemasiga misol bo’ladi?

Informatika fanidan “Bilimlar bellashuvi” ning I- bosqich uchun test

Informatika fanidan “Bilimlar bellashuvi” ning I- bosqich nazorat materiallari.
8- sinf            Informatika            Test             I- variant.
1. Pentium nomi nimani bildiradi?
A) Printer markasi                                B) Kompyuter markasi
C) Monitor markasi                              D) Protsessor markasi
2. Ikkilik sanoq sistemasida 10111 sonini 101 soniga ko’paytiring
A) 1100011    B) 1110011     C) 1010111    D) 1100111
3. Faks- . . .
A)Kompyuterdagi ma’lumotlarini boshqa  kompyuterga uzatuvchi qurilma
B) Qog’ozdagi ma’mulotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma
C) Grafik, rasm diagrammalarni chizuvchi qurilma
D)Tasvirlarni telefon tarmog’i  orqali faksimil usulida uzatuvchi qurilma
4. Elektron hisoblash mashinalarining I- avlodi qaysi davrda ishlab chiqarilgan?

понедельник, 8 декабря 2014 г.

Maktab tarixi

O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Chirchiq shahar XTBga qarashli
21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi



Dunyo imoratlari ichida eng ulugi maktab, kasblarning ichida eng sharaflisi oqituvchilik va murabbiylikdir
Maktabqutlugva muqaddas talimtarbiya dargohi.U yosh avlodga bilim asoslarini berish bilan birga, xalq pedagogikasi,milliyananaviy qadriyatlarni ular ongida shakllantirish imkonini ham beradi.
Maktab tarixi
Chirchiq shahar 21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi 1966 - yil 16 - avgustda o’z faoliyatini boshladi.1 – sentabr kuni maktab rahbari Mayakubov Karim Mayakubovich rahbarligida maktabning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.Maktab o’z bag’riga 1500 ta o’quvchini qamrab oldi.
1968 - yilda esa maktabning birinchi bitiruvchilari katta hayotga yo’llanma oldi. Ularning orasida maktabni a’lo o’qishi uchun oltin medal bilan tugatgan Pak Venera Xaritonovna ham bor edi.Bu davrda maktabning o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor muovini Salamonova Valentina Aleksandrovna bo’lgan.Bu yillar mobaynida maktabning o’quv korpusi hozirgi Ijtimoiy iqtisodiyot kolleji binosida joylashgan edi.
      1982 - yili birinchi sentabrda maktab to’qqizinchi kichik nohiyada qurilgan yangi binoga ko’chirildi.Bu binoni Grinin G.N boshchiligidagi quruvchilar brigadasi qurishgan.Yangi maktab binosining ochilishida Chirchiq shahar hokimi Sharipov N.Sh  qatnashib maktab kalitini maktab rahbari Sulaymonov Rahim Sulaymonovichga topshirdi.Maktab binosi zamon talablariga javob beradigan keng va yorug’ xonalardan iborat bo’lib,o’sha davrning zamonaviy texnika vositalari va o’quv qo’llanmalari bilan jihozlangan edi. 

суббота, 29 ноября 2014 г.

Bosh sahifa

Toshkent viloyati Chirchiq shahar XTMFMT va TEB tasarrufidagi 21-umumta’lim maktab ma’muriyati haqida
MA’LUMOT.
Maktab direktori:  Nigmanova Sabura Sobirdjonovna.
Tug’ilgan yili: 1960 yil 22-dekabr
Ma’lumoti : oily
Tugallangan oily o’quv yurti: Toshkent Davlat universiteti
Dars beradigan fani: matematika
Lavozim bo’yicha ish staji: 16 yil
O’quv tarbiya  ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Yusupova Yulduzxon Qudratilloyevna
Tug’ilgan yili: 1982- yil 4-fevral
Ma’lumoti : oily
Tugallagan oily o’quv yurti: Navoiy Davlat pedagogika instituti
Dars beradigan fani: boshlang’ich ta’lim
Lavozim bo’yicha ish staji: 1yil
Ta’rif stavkasi: 1 stavka
Ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor orinbosari: Mahkamova Oygul Anvarovna
Tug’ilgan yili: 1977 yil 3-sentabr
Ma’lumoti : oily
Tugallagan oily o’quv yurti: Qo’qon Davlat pedagogika instituti
Dars beradigan fani: boshlang’ich ta’lim
Lavozim bo’yicha ish staji: 4 yil

Tarif stavkasi: 1 stavka