понедельник, 8 декабря 2014 г.

Maktab tarixi

O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Chirchiq shahar XTBga qarashli
21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi



Dunyo imoratlari ichida eng ulugi maktab, kasblarning ichida eng sharaflisi oqituvchilik va murabbiylikdir
Maktabqutlugva muqaddas talimtarbiya dargohi.U yosh avlodga bilim asoslarini berish bilan birga, xalq pedagogikasi,milliyananaviy qadriyatlarni ular ongida shakllantirish imkonini ham beradi.
Maktab tarixi
Chirchiq shahar 21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi 1966 - yil 16 - avgustda o’z faoliyatini boshladi.1 – sentabr kuni maktab rahbari Mayakubov Karim Mayakubovich rahbarligida maktabning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.Maktab o’z bag’riga 1500 ta o’quvchini qamrab oldi.
1968 - yilda esa maktabning birinchi bitiruvchilari katta hayotga yo’llanma oldi. Ularning orasida maktabni a’lo o’qishi uchun oltin medal bilan tugatgan Pak Venera Xaritonovna ham bor edi.Bu davrda maktabning o’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor muovini Salamonova Valentina Aleksandrovna bo’lgan.Bu yillar mobaynida maktabning o’quv korpusi hozirgi Ijtimoiy iqtisodiyot kolleji binosida joylashgan edi.
      1982 - yili birinchi sentabrda maktab to’qqizinchi kichik nohiyada qurilgan yangi binoga ko’chirildi.Bu binoni Grinin G.N boshchiligidagi quruvchilar brigadasi qurishgan.Yangi maktab binosining ochilishida Chirchiq shahar hokimi Sharipov N.Sh  qatnashib maktab kalitini maktab rahbari Sulaymonov Rahim Sulaymonovichga topshirdi.Maktab binosi zamon talablariga javob beradigan keng va yorug’ xonalardan iborat bo’lib,o’sha davrning zamonaviy texnika vositalari va o’quv qo’llanmalari bilan jihozlangan edi. 
21-maktabning birinchi rahbari
1966 - yil Mayakubov Karim Mayakubovich
Jahonda bo’lmasa muallim, agar
Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.
Yangi binoda yangi rahbar
1982 - yil Sulaymonov Rahim Sulaymonovich
Pedogogik kadrlarga rahbarlik qilish yuksak mahoratni, fidoyilikni talab etadi.
1983 - yil Kosimov Sobir Karimovich
Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamak bo’lmas ado oning haqqin ming ganj ila.
  1987 - yil Ashurov Tohir Jumaboyevich
Ustoz – murabbiy ilm ma’rifat , ma’naviyat targ’ibotchisidir.
1995 - yil Irgashev Shuhrat Saidahmedovich
Yetsang ustoz     qadriga,
Eling seni ardoqlar,Agar bilsang,
 Ustozing otang kabi ulug’dir.
 1997 – yildan hozirgi kungacha 
 maktab rahbari
 1996 - yil Nigmanova Sabura Sobirjanovna
Ustozlar bor ekan dunyoda tinchlik,
Dunyo turguncha yashaydi mangu.
Ustozlar bor ekan mehr-muhabbat
Do’stlar chehrasida tabassum qilar.
Maktabimiz faxrlari
“Boshlang`ich sinf” o`qituvchisi Mo’minova Xalima Abdullayevna
1997-yilda Mo’minova Xalima Abdullayevna yosh avlodga ta’lim -tarbiya berishda fidokorana mehnati uchun “Ozbekiston Xalq o’qituvchisi” ordeni bilan mukofatlandi.
 “kimyo” fani o’qituvchisi Yusupbekova Saida Abdullayevna
2008 yilda kimyo fani o’qituvchisi Yusupbekova Saida Abdullayevna ta’lim tizimidagi erishgan yutuqlari,zamonaviy usullarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishdagi mahorati uchun “Xalq ta’limi alochisi” ko’krak nishoniga sazovor bo’ldi.



         2009 – yil  milliy  dastur  asosida  kapital  ta’mirdan  chiqarilgan. Maktabda  jami  55 ta  o’qituvchi  bo’lib, 7 ta  oliy  toifali,  14 ta birinchi  toifali,  15 ta  ikkinchi  toifali, 19 ta  mutaxasis  o’qituvchilar  faoliyat  yurutadi. Xalq  o’qituvchisi  Mo’minova Halima  Abdullayevna,  ta’lim  a’lochilari  Abdurahmonova  Guluston  Turg’unovna, Yusupbekova  Saida  Abdullayevna. 2009 yil   Yusupbekova  Saida  Abdullayevna “Yilning  eng  yaxshi  fan  o’qituvchisi ” ko’rik  tanlovining  Respublika  bosqichida  3- o’rinni  egalladi.
  









Комментариев нет:

Отправить комментарий