Mavzu: “Boshlang`ich
ta`lim sifatini oshirishda axborot kommunikasion texnologiyalarning o`rni va
roli.”
Chirchiq shahar 21-umumta’lim
maktabining
“Informatika” fani
o`qituvchisi
Laziz Nekovich Asadov
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog‘ini
tashkil etish to‘g‘risida” 2005-yil 28-sentyabrdagi PQ-191-sonli Qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “Pedagog kadrlarni qayta
tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida”gi 2006-yil 16 fevraldagi-25-sonli qarorlarning qabul qilinishi,
2012-yil 23-24 aprel kunlari Xalq ta’limi Vazirligining ta’lim-tarbiya
jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’limi
tomonidan o’tqazilgan trener mashg’ulotlari ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot
texnologiyalarini joriy etishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida
e'tibor qaratilayotganidan dalolatdir.
Barchamizga ma'lumki, ta'limda olib
borilayotgan ishlarning samarasi bir qancha omillarga: darslarni to‘g‘ri tashkil
eta olish, dars jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan to‘g‘ri va
unumli foydalana olishga bog’liq. Bu borada hali ko‘pgina muammolar haligacha o‘z
yechimini topmagan. Bunday muammolarni darslarda axborot-kommunikasiya
vositalarini qo‘llash yuzasidan ko‘pgina o‘qituvchilarda hali ham
ko‘nikmalarning shakllanmaganligida, ba'zi holatlarda esa, to‘g‘ri foydalana
olmaganligida, o‘quvchilarning ana shunday darslarga yetarlicha tayyor
emasligi, bunday darslarni bir qator muammolarning yechimi (o‘quvchilarni
ijodiy fikrlash, mustaqil fikrlashi, ularning faolligini oshirish masalalari)
sifatida ko‘ra olmasliklarini aytib o‘tishimiz mumkin.
Ana shu masalalar bilan
yaqindan tanishish va ularning yechimlarini izlab topishga qaratilgandir. ushbu
maqolamda “Boshlang`ich ta`lim sifatini
oshirishda axborot kommunikasion texnologiyalarning o`rni va roli.”
XXI asr –
axborotlashtirilgan jamiyat sari asrida axborot texnologiyalarning roli va
o‘rni kundan – kunga o‘sib boraveradi, hamda har bir jabhaning ajralmas qismiga
aylanib boradi. Bugungi kunda hayotimizni axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarisiz tassavur etib bo‘lmaydi. O‘zbekistonda ta'lim jarayonida
AKTni qo‘llash bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda va uning huquqiy
va me'yoriy asoslari yaratilgan.Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2002-yil 30-maydagi “Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida”gi
PF-3080 sonli farmoniga binoan:
-
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyundagi “Kompyuterlashtirishni
yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi 200-sonli qarori;
-
O‘zbekiston
Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi
Qonuni;
-
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-iyuldagi “Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF 117-sonli qarori;
-
Xalq
ta'limi vazirligi tomonidan 2004-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Ta'lim
muassasalarini yagona axborot makoniga aylantirish, integratsiyasini
chuqurlashtirishni hisobga olgan holda zamonaviy maktabni jihozlash
Konsepsiyasi”;
-
O‘zbekiston Respublikasiyning Osiyo taraqqiyot
banki bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “Ta'lim sektorini rivojlantirish
dasturi” hamda “Umumta'lim maktablariga axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish” loyihalari;
-
Xalq
ta'limi vazirligining 2006-yil 3-avgustdagi “2006-2007-o‘quv yillarini
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kadrlarni salohiyatini oshirish o‘quv
yili” deb nomlash to‘g‘risida”gi 6/5-sonli buyruqlari.
Yuqorida
qayd etilgan konsepsiyalar, loyihalar va Xalq ta'limi vazirligining buyruqlari
ta'lim jarayonida AKT ni qo‘llash va bu orqali ta'lim sifati va samaradorligini
oshirishga qaratilgan.Respublikamiz xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan viloyat
va tumanlardagi barcha maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari, maxsus
maktab-internetlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanish keng joriy etilmoqda. Maktablarda zamonaviy o‘quv kompyuter
tarmoqlari tashkil etilmoqda. Shuningdek, maktablar “ZiyoNET” jamoat ta'lim
axborot tarmog‘iga ulangan bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilar undan samarali
foydalanish uchun sharoitlar yaratilgan. Mustaqillikka erishgach, ta'limda,
umuman, barcha jabhalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash,
hech qanday to‘siqlarsiz axborot izlash, olish, tekshirish, uzatish hamda
axborotlarni yanada takomillashtirish yuzasidan qator chora-tadbirlar ishlab
chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. O‘qitishning zamonaviy usullari va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llamasdan turib, o‘qituvchi o‘z
kasbiy faoliyatida samarali natijalarga erisha olmaydi. Ammo bunda ta'limning
maqsad va mazmuni, usul va vositalari hamda tashkiliy shakllarini to‘g‘ri
tanlash muhim ahamiyatga ega.Axborot texnologiyalari qo‘llanadigan darslarning
qulayligi shundaki, unda o‘quvchining o‘quv materiallarini o‘zlashtirib
olayotganligini doimiy ketma – ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak
holarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun ham
axborot texnologiyalari asosidagi darslarda qiziqish, o‘zini - o‘zi boshqarish,
yangi bilimlarni o‘zlashtirib borishga intilish dars oxirigacha saqlanib qoladi.
Bunday darslarda o‘quvchining bilim olish motivatsiyasi oshib boradi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий