O’zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati Chirchiq shahar XTBga qarashli
21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi
“Dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir”
Maktab – qutlug’
va muqaddas ta’lim
– tarbiya dargohi.U yosh avlodga bilim asoslarini berish bilan birga, xalq pedagogikasi,milliy
– an’anaviy qadriyatlarni ular ongida shakllantirish imkonini ham beradi.
Maktab tarixi
Chirchiq shahar 21 – umumiy o’rta ta’lim maktabi 1966 - yil 16 - avgustda o’z faoliyatini boshladi.1 – sentabr kuni maktab
rahbari Mayakubov Karim Mayakubovich rahbarligida
maktabning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi.Maktab o’z bag’riga 1500 ta o’quvchini qamrab oldi.
1968 - yilda esa maktabning birinchi bitiruvchilari katta
hayotga yo’llanma oldi. Ularning orasida maktabni a’lo o’qishi uchun oltin
medal bilan tugatgan Pak Venera
Xaritonovna ham bor edi.Bu davrda maktabning o’quv tarbiya ishlari bo’yicha
direktor muovini Salamonova Valentina
Aleksandrovna bo’lgan.Bu yillar mobaynida maktabning o’quv korpusi hozirgi
Ijtimoiy iqtisodiyot kolleji binosida joylashgan edi.
1982 - yili birinchi sentabrda maktab
to’qqizinchi kichik nohiyada qurilgan yangi binoga ko’chirildi.Bu binoni Grinin G.N boshchiligidagi quruvchilar
brigadasi qurishgan.Yangi maktab binosining ochilishida Chirchiq shahar hokimi Sharipov N.Sh qatnashib maktab kalitini maktab rahbari Sulaymonov Rahim Sulaymonovichga
topshirdi.Maktab binosi zamon talablariga javob beradigan keng va yorug’
xonalardan iborat bo’lib,o’sha davrning zamonaviy texnika vositalari va o’quv
qo’llanmalari bilan jihozlangan edi.